18:38 / 29.06.2017
5661

Shayxontohurda kissavur ushlandi

2017 yilning 30 aprel kuni taxminan soat 13:00larda noma'lum shaxs, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Shayxontohur tumanida joylashgan avtobuslar to‘xtash bekatida bo‘la turib, fuqaro Umida Tuxtamuradovaning (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) kissasidan «I Phone-7 Gold» rusumli uyali telefonini o‘g‘irlagan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan, Shayxontohur tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “a” bandi (kissavurlik) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov- tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan Murodjon Raximov sodir etganligi aniqlangan. 

M.Raximovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin.

Mavzuga oid
Top