09:36 / 29.06.2017
4497

"Yulduzlar jangi" filmidagi R2-D2 roboti deyarli 3 mln dollarga sotildi

Foto: ctvnews.ca

AQShning Kaliforniya shtatida "Tarixdagi profillar" auksion uyida 28 iyunda o‘tgan savdolar vaqtida "Yulduzlar jangi" filmidagi R2-D2 droidi 2,76 mln dollarga sotildi.

Afsonaviy robotning egasi kim bo‘lgani sir bo‘lib qolgan, biroq ushbu lot auksiondagi eng qimmatbahosi bo‘lgan.

Sotuvga qo‘yilgan lotlar orasida shuningdek film bosh qahramoni, jyeday Lyuk Skayuokerning nurlanuvchi qilichi va Dart Veyderning shlemi bo‘lgan. Qilich 450 ming dollarga, shlem esa 96 ming dollarga sotilgan.

Sotuvga shuningdek koinot haqidagi boshqa filmlar va seriallarda uchrovchi buyumlar ham qo‘yilgan.

"Battlestar Galactica" va "Buck Rogers" seriallaridagi 23 ta kemadan iborat kolleksiya 1,8 mln dollarga, marhum aktyor Bill Pakston "O‘zgalar" filmida kiyib yurgan shlem esa 51 ming dollarga sotilgan.

Mavzuga oid
Top