22:40 / 30.06.2017
7806

Oskarni qo‘llab-quvvatlagan Halk va Villash-Boash ham diskvalifikatsiya qilindi

Xitoy futbol federatsiyasi «Shanghay SIPG» jamoasi murabbiyi Andre Villash-Boash va jamoa hujumchisi Halkni jamoaning boshqa bir futbolchisi, Xitoy chempionatining tur o‘yinidagi nojo‘ya harakatlari uchun 8ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan Oskarni qo‘llab-quvvatlaganlik uchun jazoladi. 

Halk oxirgi tur o‘yinida Oskarni himoya qilishi aks etgan yozuvlar tushirilgan futbolkani namoyish qilgani tufayli futbol federatsiyasiga chaqirilgan.

«Xenan Jiane»ga qarshi 4:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakuniga yetgan o‘yinda Halk golini nishonlashda Oskarni eslab o‘tgan, 8 ta o‘yinga chetlatilgan vatandoshi uchun «Hech nima qilma, hech nima gapirma» so‘zlarini ko‘z-ko‘z qilgandi. Murabbiy ham ijtimoiy tarmoqda shunday yozuvlarni qoldirgandi. Aynan shu holat Xitoy futbol federatsiyasining e'tiroziga sabab bo‘lgan.

Endilikda Halk va Villash-Boash 2 o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi, ularga 7 ming dollar miqdorida jarima yozildi.

Mavzuga oid
Top