16:00 / 30.06.2017
17516

Putin va Tramp uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Hamburgda 7—8 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan G20 sammiti doirasida uchrashadi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lumot berishicha, Vladimir Putin va Donald Tramp uchrashuvi qanday shaklda o‘tishi hozircha noaniq, bunga diplomatik kanallar bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

«Kuni kecha diplomatik kanallar bo‘yicha bu uchrashuvni o‘tkazish vaqti va shakli bo‘yicha kelishuvni boshlash haqida qaror qabul qilindi», — deya ma'lumot bergan Peskov jurnalistlarga.

U uchrashuv vaqti va shakli hali kelishilmagani, bu jihatlar diplomatik kanallar orqali hal etilishini qo‘shimcha qilgan.

Bundan oldinroq, Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Gerbert Makmaster 7-8 iyul kunlari Hamburg shahrida o‘tkaziladigan G20 sammitida Tramp ko‘plab dunyo yetakchilari, jumladan, Putin bilan ham, uchrashuvlar o‘tkazishi haqida aytgandi.

Mavzuga oid
Top