21:58 / 30.06.2017
26614

Top-5: Eng yirik xufyona iqtisodiyotga ega mamlakatlar

Diplom va sertifikatli hisobchilar assotsiatsiyasi (Association of Chartered Certified Accountants, ACCA) dunyoning eng yirik xufyona (yoki soya) iqtisodiyotlari reytingini taqdim etdi. Bu haqida RNS'da ma'lum qilindi

Reyting yetakchisi sifatida Ozarboyjon qayd etildi - uning soya iqtisodiyoti hajmi YaIMning 67 foizini tashkil qiladi. Top-5 xufyona iqtisodiyotlar reytingiga shuningdek Nigeriya (48,4 foiz), Ukraina (46 foiz atrofida), Rossiya Federatsiyasi (39,07 foiz) va Shri-Lanka (37,8 foiz) ham kiritildi. 

2016 yil yakunlariga ko‘ra, eng kam hajmli soya iqtisodiyoti AQSh (YaIMning 7,8 foizi), Yaponiya (10,1 foiz) va Xitoy (10,2 foiz) davlatlariga to‘g‘ri keladi.

Ro‘yxatda jami 28 mamlakat nomi keltirilgan.

Mavzuga oid
Top