22:15 / 30.06.2017
15144

Tramp KXDRga nisbatan "sabr davri" tugaganini ma'lum qildi

Foto:AFP 2017 / Saul Loeb

KXDRning xatti-harakatlari qat'iy javobni talab qiladi, o‘z o‘rnida, AQShning ham Pxenyanga nisbatan sabri tugab bormoqda. Amerika prezidenti Donald Tramp Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In bilan o‘tgan uchrashuvda shunday fikr bildirdi. Reuters shu haqida xabar berdi

"Bu rejimning yadroviy va raketa dasturlari qat'iy javobni talab qiladi", - dedi Tramp.

"Shimoliy Koreya rejimiga nisbatan strategik sabr davri muvaffaqiyatsizlikka uchradi... Bu sabrga chek qo‘yildi", - qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti. 

Mavzuga oid
Top