Irlandiyalik aralash yakkakurashlar bo‘yicha jangchi Konor Makgregor amerikalik mashhur bokschi kichik Floyd Meyvezer bilan bahsga qanday tayyorgarlik ko‘rayotganini namoyish etdi. Video irlandiyalikning Instagram-sahifasida paydo bo‘ldi.
Tasvirlardan ko‘rish mumkinki, Makgregor turli zarbalar berishni mashq qilmoqda. «Siz bunday harakatlarni hech qachon ko‘rmagansiz», - deyiladi postga qoldirilgan izohda.
Meyvezer va Makgregor boks qoidalariga ko‘ra jangni Las-Vegasda 26 avgust kuni o‘tkazishadi. Irlandiyalik ushbu bahs tufayli 75 million dollar ishlab olsa, amerikalik - 100 million.