11:00 / 02.07.2017
8440

Damashqda portlash ro‘y berdi

Suriya poytaxti Damashq shahrida xudkush terrorchi o‘zini portlatdi. Bu haqda davlat televideniyesida ma'lum qilingan.

Hozircha portlash qurbonlari haqida ma'lumotlar yo‘q.

Reyter agentligi ma'lumotiga ko‘ra, xudkush portlovchi qurilmalar o‘rnatilgan avtomobilda bo‘lgan. Ayni vaqtda hukumat kuchlari voqea joyida tekshiruv o‘tkazishmoqda.

Al Arabiya xabariga ko‘ra, yana ikki avtomobil masofadan turib portlatilgan. Hodisa oqibatida qurbonlar va jabrlanuvchilar borligi istisno etilmayapti.

Top