21:28 / 02.07.2017
11582

Erdo‘g‘an Rossiya mudofaa vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi

Foto: tccb.gov.tr

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Istanbulda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashdi. Bu haqda 2 iyulda Erdo‘g‘an saytida ma'lum qilindi.

"Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguni Tarabya qarorgohida qabul qildi", deb aytilgan xabarda. Muzokaralar tafsilotlari hozircha keltirilmagan.

Bir qator OAV uchrashuvni Erdo‘g‘an va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida Gamburgdagi "Katta yigirmatalik" sammitida bo‘lishi mumkin bo‘lgan muzokaralarga tayyorgarlik deb aytishgan. 

Jumladan, 30 iyunda Putin va Erdo‘g‘an o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tgan. Muloqot davomida yetakchilar Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishgan.

Ikki yetakchi oxirgi marta Moskvada may oyi boshida uchrashishgandi. O‘shanda ular savdo cheklovlarini bekor qilishga kelishib olishgan.

Top