20:03 / 02.07.2017
5314

Xitoyda "Chanchjen-5" og‘ir toifali raketa tashuvchisiga start berildi

Foto: AFP 2017 / Fred Dufour

Xitoyning og‘ir toifali "Chanchjen-5" raketa tashuvchisi "Shitszyan-18" yo‘ldoshi bilan birgalikda yakshanba kuni Xaynan provinsiyasidagi Venchan kosmodromidan start oldi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi

Raketa starti yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:23 da bo‘lib o‘tdi. Bu "Chanchjen-5" seriyali raketa tashuvchilarining ikkinchi va "Buyuk parvoz" raketa tashuvchilarining umumiy 250-startidir. 

"Shitszyan-18" yo‘ldoshli "Buyuk parvoz-5" raketasi 6 may kuni Venchan kosmodromiga yetkazilgan. 

"Chanchjen-5" — Xitoyning eng qudartli yangi avlod raketa tashuvchisi. Uning balandligi 56,97 metr, asosiy bosqichining diametri esa 5 metrni tashkil qiladi. U yer atrofi orbitasiga 25 tonnagacha bo‘lgan yukni olib chiqishga qodir. "Chanchjen-5" loyihasi 2006 yilda XXR Davlat kengashi tomonidan tasdiqlangan. Unga yoqilg‘i sifatida suyuq kislorod va suyuq vodorod qo‘llaniladi. 

Mavzuga oid
Top