17:36 / 02.07.2017
10332

Londonda avtomobil o‘smirlar ustiga haydaldi

Buyuk Britaniya poytaxti London shahri janubida Audi A3 rusumli avtomobil katta tezlikda o‘smirlar guruhi ustiga yurib bordi. Bu haqda BBC News xabar tarqatdi.

Ma'lum qilinishicha, bu hujum oqibatida 16 yoshli qiz vafot etgan, yana 6 kishi jarohatlanib, shifoxonaga olib borilgan.

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, avtomobil haydovchisi voqea joyidan qochib ketgan, ammo u hodisa vaqtida boshidan jarohat olgani uchun, tibbiy yordam so‘rab, murojaat qilishi mumkin.

Hozircha u o‘smirlar ustiga mashinasini qasddan haydagani aniq emas.

Top