Tataristonda KamAZ rusumidagi yuk mashinasi va avtobusning to‘qnashishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Tatariston ichki ishlar vazirligi saytida ma'lum qilindi.
Yo‘l-transport hodisasi 2 iyulda Moskva vaqti bilan soat 00:40da Zainsk shahridan 9 km uzoqlikda yuz bergan. Samara-Ijyevsk yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan Neoplan avtobusi yuk mashinasiga urilgandan keyin, ikki transport vositasi ham to‘ntarilib yonib ketgan. O‘t o‘chiruvchilar mashinalarni soat 01:17da o‘chira olishgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 7 kishi voqea joyida, yana 3 kishi tez yordam kelgandan keyin vafot etgan. Shuningdek, 12 kishi jarohat olgan.
Ma'lum qilinishicha, KamAZ benzin tashiydigan mashina bo‘lgan.