18:27 / 02.07.2017
19324

Tuzatish: Qurultoy vaqtida Navoiy viloyati IIB boshlig‘i emas, uning o‘rinbosari ishdan olingan

30 iyun kuni Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida bo‘lib o‘tgan «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining navbatdagi Qurultoyi vaqtida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyat IIB boshlig‘ini emas, uning o‘rinbosarini ishdan bo‘shatgan.

30 iyun kuni saytda Navoiy viloyati IIB boshlig‘i Tursunpo‘lat Toshpo‘latov «kamolotchi»ni so‘kkani uchun ishdan olingani haqida xabar berilgandi. Endilikda ma'lum bo‘lishicha, aslida bu sabab bilan uning o‘rinbosari Sobirjon Xolmurodov ishdan ketgandi.

Sayt tahririyati xato ma'lumot tufayli noqulay holatda qolgan Tursunpo‘lat Toshpo‘latovdan uzr so‘raydi.

Top