15:44 / 03.07.2017
6249

Afg‘oniston janubida «Tolibon»ning 40dan ortiq jangarisi yo‘q qilindi

© Flickr / U.S. Air Force photo / Staff Sgt. Brian Ferguson

Afg‘oniston janubidagi Hilmand viloyatida o‘tkazilgan havo va quruqlikdagi harbiy amaliyotlar davomida «Tolibon» harakatinig kamida 43 nafar jangarisi yo‘q qilingan. Bu haqda Tolo News agentligi xabar tarqatdi.

Xabar qilinishicha, maxsus amaliyotlar Nava tumani hududida yakshanba kuni kechqurun xorijiy harbiylar ko‘magida o‘tkazilgan. Viloyat gubernatori ofisida ma'lum qilishlaricha, operatsiya davomida 27 nafar jangari jarohat olgan. Yo‘q qilingan jangarilar orasida 3 nafar dala qo‘mondoni ham bor.

Afg‘onistondagi vaziyat keyingi yillarda og‘irlasha boshladi. «Tolibon» radikal harakati mamlakatning qishloq hududlarida ta'sir doirasini kengaytirmoqda. Jangarilar endilikda yirik shaharlarga hujum qila boshlashgan. Mamlakatda IShID ta'siridagi kuchlar ham paydo bo‘lgan, bu vaqtda bu ikki tashkilot o‘zaro dushman hisoblanishadi.

Top