01:21 / 03.07.2017
28265

Germaniya - Konfederatsiyalari kubogi sohibi!

Rossiyada bo‘lib o‘tgan Konfederatsiyalari kubogi musobaqasi yakuniga yetdi. Finalda amaldagi JCh g‘olibi Germaniya va Kopa Amerikaning amaldagi chempioni Chili terma jamoalari kuch sinashishdi.

Uchrashuvning 20-daqiqasida Chili terma jamoasi himoyachisi Diasning qo‘pol xatosidan keyin Timo Verner to‘pni egallab olib, bo‘sh darvoza qarshisida turgan Shtindlga yetkazib berdi. «Borussiya» Myongxengladbax sardori bu vaziyatda qiyinchiliksiz darvozani ishg‘ol qilib hisobni ochdi.

Caption

Uchrashuvning dastlabki va goldan keyingi vaziyatlarda ham Chili ustunlik qilib, bir necha marta golli vaziyatlar yaratgan bo‘lsada, ulardan foydalana olmadi va natijada Germaniya o‘z tarixida birinchi marta nufuzli musobaqa bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

Konfederatsiyalar kubogi-2017
Final

Chili – Germaniya 0:1 (0:1)

Gol: Shtindl (20).
Chili: Bravo, Medel, Bosejur, Xara, Vidal, Arangis (Sagal, 81), Vargas (Puch, 81), Ernandes, Sanches, Dias (Valensiya, 53), Isla.
Germaniya: ter Stegen, Mustafi, Ryudiger, Xektor, Ginter, Rudi, Kimmix, Gorettska (Zyule, 90), Draksler, Shtindl, Verner (Jan, 79).
Ogohlantirishlar: Kimmix (59), Vidal (59), Xara (65), Vargas (75), Jan (90), Bravo (90), Rudi (90+2).

Top