21:58 / 03.07.2017
6412

Hindistonda yarim kun ichida 66,3 mln ta daraxt o‘tqazildi

Foto:independent.co.uk

Hindistonda mamlakatni ko‘kalamzorlashtirish kampaniyasi davomida 12 soat ichida 66,3 mln ta daraxt o‘tqazildi. Bu haqda The Independent nashri xabar bermoqda. 

Madxya-Pradesh shtati rahbariyati tomondan tashkillashtirilgan va 2 iyulning ertalabki soat 7 sidan kechki soat 19 gacha davom etgan ekologik tadbirda 1,5 mln dan ko‘proq odam, jumladan bolalar va qariyalar ishtirok etdi. 

Shtatning bosh vaziri Shivradj Singx Chauxan 2 iyul tarixiy sana sifatida eslab qolinishini aytdi. Aktsiya Ginness rekordlar kitobida ham qayd qilinadigan bo‘ldi.

Hindiston hukumati o‘rmon maydonlarini kengaytirishni iqlim bo‘yicha Parij kelishuvini bajarish doirasidagi asosiy vazifalardan biri sifatida qaraydi. 2030 yilgacha Hindistondagi o‘rmonlarning umumiy maydoni 95 mln gektarga oshishi kerak. Hindiston issiqxona gazlarini atrof-muhitga chiqarish bo‘yicha Xitoy va AQShdan keyin 3-o‘rinni egallaydi.

Top