21:23 / 03.07.2017
9674

Prezidentning davlat maslahatchisi Namanganda sayyor qabul o‘tkazmoqda

2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e'lon qilinganligi munosabati bilan Namangan viloyatida joriy yilning 3-4 iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Tursinxon Xudaybergenov tomonidan sayyor qabul o‘tkazilmoqda. Namangan shahar hokimligining axborot xizmati shu haqida xabar berdi. 

Namangan shahridagi viloyat musiqa va drama teatrida bo‘lib o‘tgan qabulda Namangan viloyati bo‘yicha 27 nafar mehnatga layoqati cheklangan, uy-joyga muhtoj fuqarolarni qabul qilib, ularga qurilayotgan imtiyozli ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatidan 2 xonali bo‘lgan uy-joylarni birinchi to‘lovlarini to‘lash uchun, bir kun muddat ichida, har birlariga 10 million so‘m mablag‘ plastik kartalariga tushirib berishni topshirdi.

Sayyor qabulda viloyat boshqarma va tashkilotlarining rahbarlari, soha bo‘yicha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Top