17:45 / 03.07.2017
33932

Tom Kruz 55 yoshda (fotojamlanma)

Tom Kruz haqida gap ketganda odatda bundaylarni tanishtirishga hojat yo‘q deyiladi. Uning debyuti "Cheksiz muhabbat" filmiga to‘g‘ri keladi. Kruz "Yomg‘ir odami" filmidan keyin keng ommaga tanildi va o‘z ishtiroki bilan  har qanday loyihaga tomoshabinlar e'tibori hamda kino tarixida alohida joy bilan ta'minlaydigan aktyorga aylandi. "Uddalab bo‘lmas topshiriq"ning barcha qismlaridagi tryuklarni aktyorning shaxsan o‘zi ijro etgan. Agar Tom Kruz filmlardagi har bir qahramoni ustida qalb qo‘rini berib ishlamaganida edi, u Hollivudning shunchaki yoqimtoy chehralaridan biriligicha qolardi. Bugun, 3 iyul kuni Tom Kruz 55 yoshga to‘ldi. 

Tom Kruz "Mo‘miyo" filmi premerasida, 2017 yil

 

Dastin Xoffman va Tom Kruz. "Yomg‘ir odami" filmidan kadr, 1988 yil

 

"Odamxo‘r bilan intervyu" filmi kadri, 1994 yil

 

Tom Kruz Pol Andersonning "Magnoliya" filmida, 1999 yil

 

"Uddalab bo‘lmas topshiriq: tovlamachilar qabilasi" filmidan kadr, 2015 yil

 

Tom Kruz Hindistonda, 2011 yil

 

Nikol Kidman va Tom Kruz 1990 yil turmush qurishgan va 2001 yilga qadar birga yashashgan. Juftlik ikki bola (qiz va o‘g‘il)ni asrab olgan

 

Tom Kruzning aktrisa Keti Xolms bilan kechgan turmushi 2006 yildan 2012 yilga qadar davom etdi. Bu turmushidan aktyorning Suri isimli qiz farzandi bor

 

Tom Kruz qizi Suri bilan, 2012 yil

Mavzuga oid
Top