09:38 / 04.07.2017
51097

MERIT EDUCATION - Kelish tavsiya etilmaydi, yana ham o‘zingiz bilasiz

Diqqat! Nima bo‘lgan taqdirda ham MERIT EDUCATION’ga kela ko‘rmang! Umuman yaqinlashmang! 
Bu yerga kelgan o‘quvchilarning aytishiga qaraganda, ular o‘quv markaziga tashrif buyurgach, halovatini yo‘qotishgan. Keling, shunday o‘quvchilardan birining hikoyasini eshitaylik.

- Nima qilasiz MERIT EDUCATION’ga kelib?! Mana men, yurardim beg‘am bola bo‘lib, shu o‘quv markaziga kelganimni bilaman, meni o‘ziga bog‘lab qo‘ydi. Ko‘zni ko‘r qiladigan darajada yorug‘, mening mehmonxonamni xijolat qiladigan darajada shinam, uchta CAPTIVA sig‘adigan darajada keng o‘quv xonalardan chiqolmay qoldim. Birinchi kun kelganimda, kresloga o‘xshash stullarni, proyektor va uning pardalarini ko‘riboq, men “Kinoteatrga kelib qoldim shekilli” deb o‘yladim. 

O‘quv jarayoni meni o‘ziga shu darajada qiziqtirib qo‘ydiki, boshqa ta’lim maskanlaridagi darslarim zerikarli tuyula boshladi. Va men butun bo‘sh vaqtimni MERIT EDUCATION’da o‘tkaza boshladim. 

Bilasizmi, agar siz ingliz tili darslariga kela boshlasangiz, nima bo‘ladi?
-Oldin kuylab yurgan qo‘shiqlaringizning ma’nosini tushuna boshlaysiz (kerakmishku?)
-Ingliz tilida tinmay gapira boshlaysiz va atrofdagilar sizni chet ellik deb o‘ylay boshlashadi.
- MERIT EDUCATION’ning kutubxonasiga bog‘lanib qolasiz va smartfoningizda o‘yin o‘ynash o‘rniga kitob o‘qish bilan vaqtingiz o‘tib ketadi.
- O‘quv qo‘llanmalari va kitoblar rangli va shu darajada sifatliki, metroda o‘qib ketayotganingizda, yo‘lovchi qizlar sizni “Jurnal varaqlayapti”, deb o‘ylashadi (Aytgancha, ularning barchasi bepul, birinchi darsdayoq qo‘lingizga tutqazib qo‘yiladi).
- O‘qituvchilarni aytmaysizmi, ularning malakasi, mehri va e’tiboriga shudarajada o‘rganib qolasizki, darslarning birida ularni “Dada!” yoki “Oyi!” – deb yuborishingiz hech gap emas.
- Umuman bo‘sh vaqtingiz qolmaydi, faqat o‘qish bilan band bo‘lib qolasiz, mobodo hafta oxirida bo‘sh bo‘lib qolsangiz, “Yo‘q!” deyishingizga qaramay, biror ko‘ngilochar maskanga – toqqa yoki boulingga shartta olib chiqib ketishadi. Keyin yurasiz, yangi orttirgan do‘stlaringiz bilan ko‘rkam, bahavo joylarga qanday kelib qolganingizni bilmay!
Men ko‘rgan-kechirganlarimni boshingizdan o‘tkazishni istamasangiz, maslahatimga rioya qiling!

Nurmuhammad Qodirov, 21 yosh.

Uning fikriga qo‘shiladigan o‘quvchilar kam emas.

Mana ulardan yana biri - Kamola.

- Ingliz tili darslariga kela boshlasangiz, Oliy o‘quv yurtlariga tayyorlov kurslariga ham kelishni xohlab qolasiz. Birdaniga 3ta kursga yozilib qoyasiz.
-Abituriyentlar tayyorlov kurslari o‘ta qiziqarli va sifatli bo‘lgani sababli Oliy o‘quv yurtiga kirish imtihonidan o‘tib qo‘yasiz, keyin 4 yil universitetingizga qatnab yurishingizga to‘g‘ri keladi.
- Takasaltang do‘stlaringizni unutib, o‘zingizga o‘xshagan bilimga chanqoq do‘stlar orttira boshlaysiz.
- Hayotingiz tamoman o‘zgaradi. Sizga kerakmi shunday o‘zgarishlar?

Xullas, hayotingiz aslidagidek qolishini istasangiz, MERIT’ga aslo qadam bosmang!

Kamola Murodxo‘jayeva, 17 yosh.

Eleonora Gafarova, Kamola Muradxo‘jayeva

Shunday qilib, o‘quvchilarining hayotini o‘zgartirayotgan o‘quv muassasasidan yiroqroq yurishni istasangiz, uning manzilini eslab qoling.
MERIT EDUCATION manzili: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Bodomzor yo‘li ko‘chasi, 78 uy.
Telefoningizning qo‘ng‘iroq tugmalarida (71) 200 44 04, (97) 444 44 04 raqamlarini adashib ham terib yubormang!

MERIT EDUCATION manzili

Mobodo, gaplarimiz ta’sir qilmasdan, qandaydir sababga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda MERIT ni kuzatib borish fikri tug‘ilib qolgan bo‘lsa, quyidagi havolalarni bosing.
Facebook: http://www.facebook.com/meriteduc
E-mail: meriteduc@gmail.com
Telegram: https://t.me/joinchat/AAAAAEEqX1vQ33Kwwx3Zjg 
Instagram: www.instagram.com/meriteduc

NTM “MERIT EDUCATION”
Learning Today … Leading Tomorrow!
Xizmatlar litsenziyaga ega

Nurmuhammad aytgan mehribon o‘qituvchilar

Miss Iroda Maqsudova

Miss Munira Mengliyeva

Miss Mohigul Jo‘raboyeva

O‘quv jarayonidan lavha

Manavini qarang! IELTS sertifikatiga ega bo‘lib, endi "Xitoyga ketaman", deb turib oldi.

Mana bu qizni aytmaysizmi, 3ta kitobni qo‘ltiqlab olib, "Bular meniki, hech kimga bermayman", deydiya!

Mana sizga o‘sha sayohat. Bormayman, deganigizga qo‘yishmaydi, majburlab olib chiqishadi.

Nurmuhammad aytgan o‘quv markazi quyidagi videolavhada korsatilgan:

Reklama huquqi asosida

Top