00:29 / 04.07.2017
12044

«Milan» oltinchi transferi haqida rasmiy ma'lumot berdi

Italiyaning «Milan» klubi Hoqon Chalxano‘g‘lu transferi haqida rasmiy xabar tarqatdi.

«Milan» rasmiy sayti bergan xabarga ko‘ra, turkiyalik futbolchi milanliklar bilan 2021 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Shartnomaning boshqa shartlari oshkor qilinmayapti.

23 yoshli Chalxano‘g‘lu o‘tgan mavsumda Germaniya bundesligasida 15 uchrashuv o‘tkazib, 6 gol va 5ta golli uzatma muallifi bo‘lgan. Futbolchi FIFAning transfer qoidalarini buzgani uchun fevraldan buyon futbol uchrashuvlarida ishtirok etmay kelayotgandi.

Top