00:11 / 04.07.2017
8372

Namangan viloyatida 27 nafar nogiron ayolga beg‘araz moddiy yordam ko‘rsatildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga asosan Namangan viloyatining 27 nafar kam ta'minlangan nogiron ayoliga 2-3 xonali qurilayotgan yangi uy-joy sotib olish uchun birlamchi badal beg‘araz asosda davlat byudjyeti hisobidan qoplanadi. Bu haqida Facebook'ning "Xalq bilan muloqot" guruhida ma'lum qilindi. 

Joriy yilning 3-4 iyul kunlari Namangan viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Tursinxon Xudaybergenov tomonidan sayyor qabul o‘tkazilmoqda. 

Namangan shahridagi viloyat musiqa va drama teatrida bo‘lib o‘tgan qabulda Namangan viloyati bo‘yicha 27 nafar mehnatga layoqati cheklangan, uy-joyga muhtoj fuqarolarni qabul qilib, ularga qurilayotgan imtiyozli ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatidan 2 xonali bo‘lgan uy-joylarni birinchi to‘lovlarini to‘lash uchun, bir kun muddat ichida, har birlariga 10 million so‘m mablag‘ plastik kartalariga tushirib berishni topshirdi.

Sayyor qabulda viloyat boshqarma va tashkilotlarining rahbarlari, soha bo‘yicha mutaxassislari ishtirok etishdi.

 

Mavzuga oid
Top