16:37 / 05.07.2017
8129

Afg‘oniston muammosi bo‘yicha muzokaralar ushbu mamlakatning o‘zida tashkil etilishi kerak

Xalqaro Press-klubda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va dunyoning 47 mamlakatidagi elchixonalari vakillari ishtirokida jonli muloqoti bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar qilingan edi. Jonli muloqot chog‘ida Abdulaziz Komilov Afg‘oniston mavzusiga to‘xtaldi va ushbu jafokash mamlakatda bir necha yillardan beri davom etib kelayotgan inqirozli vaziyat yuzasidan fikr bildirdi va qator takliflarni ilgari surdi. Unga ko‘ra,  

  • Afg‘oniston bo‘yicha barcha tomonlar bilan birgalikda maxsus dastur ishlab chiqish zarur.
  • “Tolibon” harakati va Afg‘oniston hukumati o‘zaro muzokaralarni olib borishiga shart-sharoit barpo qilish kerak.
  • Tashqi manfaatdor tomonlar ushbu davlat ichki ishlariga aralashmasdan yoki o‘z shartlarini ilgari surmasdan muzokaralar o‘tkazish imkonini berishlari kerak. 
  • Afg‘oniston muammosi bo‘yicha har qanday muzokaralar ushbu mamlakatning o‘zida tashkil etilishi lozim.  
Top