07:52 / 05.07.2017
28129

AQSh va Janubiy Koreya KXDRga qarshi javob chorasi ko‘rishdi

Foto: Reuters

Janubiy Koreyada joylashtirilgan Amerika Qurolli kuchlari bo‘linmalari janubiy koreyalik hamkasblari bilan hamkorlikda raketa sinovlarini amalga oshirishdi. Bunga Shimoliy Koreyaning qit'alararo ballistik raketa sinovini o‘tkazgani sabab bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Reuters.

Qayd etilishicha, o‘quv mashg‘ulotlari chog‘ida Amerikaning taktik raketa komplekslari (ATACMS) va Janubiy Koreyaning Hyunmoo Missile II raketalaridan foydalanilgan.

Bunda, Pentagon matbuot xizmati rahbari Dana Uaytning bayonot berishicha, AQSh o‘z ittifoqchilari — Janubiy Koreya va Yaponiyani KXDR fitnalaridan himoya qilishga tayyor. 

Bundan avvalroq, KXDR 2802 metr balandlikka ko‘tarilib, 933 kmni ortda qoldirgan ballistik raketaning navbatdagi sinovini o‘tkazgan edi. U shaxsan Kim Chen In buyrug‘i bilan tashkil etilgan. 

Shimoliy Koreya yetakchisi mazkur raketa sinovini AQSh mustaqilligi kuni munosabati bilan «amerikalik yaramaslar»ga «hadya» deb atadi. 

Mavzuga oid
Top