17:00 / 05.07.2017
9548

Avstriya Italiya bilan chegaraga zirhli texnika va harbiylarini jo‘natdi

Avstriya Italiya chegarasiga zirhli texnika joylashtirdi, hududga 750 nafar harbiy xizmatchi ham yo‘llangan.

Daily Mail nashri mamlakat mudofaa vazirligiga asoslangan holda xabar berishicha, bu Italiya bilan chegaradagi, Alp tog‘larida joylashgan Brenner dovoni yaqinida muhojirlar to‘plangani bilan bog‘liq, harbiylar muhojirlar oqimini to‘xtatish bilan shug‘ullanadi.

Vazirlikda qayd etilishishicha, ayni vaqtda zarur bo‘lganda Brenner dovoniga yetib borish uchun 72 soat talab qilinadi.

«Umid qilamanki, tez vaqt ichida chegara nazorati kuchaytiriladi», — degan mamlakat mudofaa vaziri Xans Peter Doskozil.

U qo‘shinlar joylashtirilishining aniq vaqtini aytmagan.

Mavzuga oid
Top