19:55 / 05.07.2017
18056

Bitta imzo - 50 mln yevro. Messining yangi shartnomasi shartlari ma'lum bo‘ldi

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi kataloniyaliklar bilan tuzgan shartnomasi uchun mukofot puli sifatida 50 million yevro oladi. Bu haqda Sport.es nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, mazkur bonus, Messining shartnomasi davom etadigan to‘rt yillik muddat davomida to‘lab boriladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Barselona» rasmiy sayti Messi bilan 2021 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolanganini ma'lum qilgandi. Muzokaralarni Lionelning otasi Xorxe Messi va «Barselona» rahbarlari olib borishgandi.

Messi rasman shartnomaga ta'tildan qaytgach, qo‘l qo‘yishi kerak. Futbolchi kelgusi haftada jamoa qarorgohiga qaytishi kutilmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, shartnomani bekor qilish uchun to‘lov badali 300 million yevro etib belgilangan.

Top