16:20 / 05.07.2017
18523

Human Rights Watch kabi tashkilotlar O‘zbekistonga qaytishi mumkin

Human Rights Watch va shu kabi turli xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar O‘zbekistonga qaytishi mumkin. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Xalqaro Press-klubdagi jonli muloqotida shunday bayonot berdi. 

Vazirning aytishicha, Human Rights Watch kabi inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar va aynan ushbu NNT ham O‘zbekistonda faoliyat olib borishni qayta tiklash bo‘yicha qiziqish bildirmoqda. Yaqinda mazkur tashkilot rahbari O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilib, O‘zbekistonda faoliyat olib borishga ruxsat berilishini so‘ragan. 

Komilovga ko‘ra, bu kabi xalqaro inson huquqlari tashkilotlari O‘zbekistonga qaytishlari mumkin. Bu borada hech qanday cheklovlar yo‘q.

“Ammo, mazkur tashkilotlar bir narsani to‘g‘ri tushunishlari kerakki, ular O‘zbekiston hukumati bilan amaliy, o‘zaro bir-birini hurmat qilib, O‘zbekiston ichki ishlariga aralashmaslik tamoyiliga amal qilgan holda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘ladi”, - dedi Abdulaziz Komilov.  

Top