22:55 / 06.07.2017
117499

Banklar valyuta savdosini bozor kursida amalga oshira boshlaydi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 30 iyunda qabul qilingan 449-son qaroriga muvofiq, «Birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutani xarid qilish va sotish operatsiyalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga o‘zgartirishlar kiritildi. 

«Kommersant.uz» xabar berishicha, bundan buyon birjadan tashqari valyuta bozoridagi operatsiyalar vakolatli banklar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida bozor kursi bo‘yicha amalga oshiriladi. 

Hozircha «Kun.uz» bu ma'lumotni tasdiqlashini so‘rab tegishli muassasalarga qilgan murojaatlari javobsiz qolmoqda.

Ma'lumot uchun, shu paytga qadar Nizomning 43- bandida «Birjadan tashqari valyuta bozoridagi operatsiyalar so‘nggi banklararo savdo sessiyasida xorijiy valyutaga bo‘lgan talab va taklif asosida shakllanadigan erkin kurs bo‘yicha amalga oshiriladi» deb belgilangan edi.

Mavzuga oid
Top