16:36 / 06.07.2017
29263

Chimyonda yo‘qolgan fuqaro qidirilmoqda

Foto: O‘zbekiston FVV

2017 yil 5 iyul kuni Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga kelib tushgan ma'lumotga ko‘ra, Chimyon tog‘ yon bag‘rida fuqaro B. Kadateskiy yo‘qolgan. FVV matbuot xizmati ma'lum qilishicha, bu haqida uning turmush o‘rtog‘i Snejana tomonidan xabar berilgan.

Snejananing aytishicha, B. Kadateskiy qo‘ng‘iroq qilib, oyog‘i singani va FVV tomonidan yordam kerakligi haqida xabar bergan. Shu bilan birga u toqqa chiqish yo‘nalishini hech kim bilan kelishmay maxsus tog‘ga chiqish anjomlarisiz va ko‘nikmalarsiz piyoda ketganligi aniqlandi. Ushbu xabar olingan zahoti Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan qidiruv-qutqaruv ishlari uchun 3 ta guruh ajratilgan.

6 iyul kuni esa qidiruv ishlariga O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli aviatsiya kuchlari jalb qilindi.

Hozirgi paytda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Mavzuga oid
Top