16:10 / 06.07.2017
12931

Donald Tramp Polshaga keldi

AQSh prezidenti Donald Tramp Polshaga tashrif buyurdi. Tramp bugun ertalab rafiqasi Melanya Tramp bilan birgalikda Varshavaga keldi.

Uni juda iliq qarshi olishgan. Shahar ko‘chalari Polsha va AQSh bayroqlari bilan bezalgan. Tramp joylashgan mehmonxona oldi uni ko‘rish istagidagilar bilan gavjum bo‘ldi.

Poytaxt Varshavada Tramp va Polsha prezidenti Anjyey Duda ishtirokidagi matbuot anjumani ham o‘tkazildi. Tramp anjuman vaqtida Rossiyaning AQSh saylovlarida aralashuvi, Shimoliy Koreyaning agressiv harakati va Barak Obamaning xatolari haqida gapirishga ulgurdi. Anjuman ayni vaqtda davom etmoqda.

Fox News xabarida bu tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri 1944 yil «Varshava isyoni» qurbonlari xotirasiga o‘rnatilgan yodgorlikni ko‘rish ekani aytilmoqda. Ta'kidlash joiz, bu isyon sobiq ittifoqqa qarshi qaratilgan bo‘lgan.

Bundan tashqari, Polshada yahudiylar xolokostiga atab «Ming yahudiy stuli» deb nomlangan yodgorlik ham mavjur. Tramp bu yodgorlikni ham borib ko‘rishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ertaga Germaniyaning Hamburg shahrida «Katta yigirmatalik» davlatlari rahbarlari ishtirokidagi sammit bo‘lib o‘tadi. Uning markaziy voqeasi AQSh va Rossiya prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lishi kutilmoqda.

Mavzuga oid
Top