20:38 / 06.07.2017
5516

Erdo‘g‘an: Suriya shimolida 3 mingdan ko‘proq terrorchi yo‘q qilingan

Foto:aa.com.tr

Ayni vaqtgacha Turkiya terrorchilik tashkilotlari bilan aloqadorlikda gumon qilingan 5 mingdan ko‘proq kishini deportatsiya qilgan. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Indoneziya prezidenti Joko Vidodo bilan birga bergan matbuot-anjumanda aytib o‘tdi. 

Erdo‘g‘anning aytishicha, deportatsiya qilinganlar orasida Janubiy Osiyo davlatlaridan chiqqanlar ham bo‘lgan. Yana 53 ming kishiga Turkiyaga kirish taqiqlangan.

Erdo‘g‘an Turkiya Suriya tomondan taralayotgan terrorchilik xavfini bartaraf etish bo‘yicha qadamlarga e'tibor qaratdi.

"Suriyaning Turkiya bilan chegaradosh hududlari IShID jangarilaridan to‘liq tozalangan. Buning evaziga 100 ming suriyalik vataniga qayta olgan", deb aytgan Erdo‘g‘an.

Erdo‘g‘anning ta'kidlashicha, "Frot qalqoni" operatsiyasi doirasida IShIDning 3 mingdan ko‘proq jangarisi, jumladan ularning yetakchilari bartaraf etilgan.  

Top