14:09 / 06.07.2017
45174

Pasport tizimi qoidalarini buzish sanksiyalari o‘zgardi

Foto: "Kun"

O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 13 iyun kunidagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘RQ-436 sonli Qonuni talablariga muvofiq, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 223-moddasi birinchi qismining sanksiyasidagi “uch baravari miqdorida” degan so‘zlar “ikkidan bir qismidan uch baravarigacha miqdorda” degan so‘zlar bilan almashtirilganligi sababli, pasport tizimi qoidalarini buzgan shaxslar yuzasidan undiriladigan jarima miqdorlari ushbu qonun talablari asosida amalga oshirilishi ma'lum qilindi. Bu haqida IIBB saytida xabar berildi.

Pasport tizimi qoidalarini takroriy buzganlik uchun joriy qilingan sanksiyalar esa o‘zgarmagan, u 5 ta eng kam ish haqi miqdoridagi jarimani ko‘zda tutadi.

Mavzuga oid
Top