12:33 / 06.07.2017
25786

«Real» «Barselona» bilan kurashda yutib chiqilgan transferi haqida e'lon qildi

Madridning «Real» klubi «Atletiko» chap qanot himoyachisi Teo Ernandes transferini rasman e'lon qildi.

Tribuna.uz sayti bergan yozishicha, 19 yoshli fransuz futbolchisi «Real» bilan 6 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Ernandes 10 iyul kuni matbuot va omma oldida tanishtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, futbolchiga shuningdek, «Barselona» ham jiddiy qiziqish bildirgandi. biroq Ernandes 26 million yevro evaziga «qaymoqranglilar» safiga o‘tadigan bo‘ldi.

O‘tgan mavsumni Teo «Alaves» safida ijarada o‘tkazgandi.

Top