23:25 / 06.07.2017
9498

Turkiya bosh vaziri: Biz hamon YeIga kirishni istamoqdamiz

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Anqara hamon Yevropa Ittifoqiga kirishni istayotgani, biroq ayni vaqtda blok o‘zgarishi kerakligini aytdi. Bu haqda Hurriyet nashri xabar bermoqda. 

6 iyulda Yevroparlament Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatish uchun hisobotni ma'qullagan.

"Bu bizning istiqbol tomondan juda muhim qaror emas. Bu biz bilmagan biror narsa emas. Bunday qarorlar oldingi oylar ham qabul qilingan", deb aytdi Bildirim.

Uning aytishicha, "Bryusseldagi alg‘ov-dalg‘ovlikka" qaramasdan, Turkiyaning YeIga kirish istagi o‘zgarishsiz qoladi.  

"Hamma bilishi kerak, Turkiya hamisha boshqa variant va boshqa yo‘llarga ega. Shuni unutmaslik kerakki, YeI xavfsizligi Turkiyadan boshlanadi", deb qo‘shimcha qilgan Yildirim.

YeIning ko‘pchilik deputatlari blok Turkiya konstitutsiyasiga apreldagi referendum natijalariga ko‘ra kiritilgan o‘zgarishlarni va 2016 yil 15 iyuldagi davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin Turkiya hukumatining xatti-harakatlarini qoralashi kerakligini qo‘llab-quvvatlashgan. 

Mavzuga oid
Top