20:20 / 07.07.2017
7703

AQSh, Janubiy Koreya va Yaponiya rahbarlari KXDRga qarshi alyansni mustahkamlashga kelishishdi

© AP Photo / Evan Vucci

AQSh prezidenti Donald Tramp, Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe va Janubiy Koreya prezidenti Mun Je In kelgusida KXDR tomonidan ehtimoliy hujumlarga javoban uch tomonlama alyansni mustahkamlash bo‘yicha kelishib olishdi. Bu haqda davlat rahbarlarining qo‘shma bayonotida aytilgan.

"Uch siyosatchi KXDR tomonidan bo‘lishi mumkin har qanday hujumlarga qarshi turish bo‘yicha harakatlarni qat'iylashtirish, ehtimoliy hujumlarga javob berishga tayyor turish bo‘yicha alyansni mustahkamlashga kelishib olishdi. Ular KXDR tomonidan tug‘iladigan tahdidga qarshi uch tomonlama hamkorlikni davom ettirishadi. Prezident Tramp Qo‘shma shtatlar Koreya Respublikasi va Yaponiyani o‘zining bor imkoniyati bilan himoya qilishini tasdiqladi", deyilgan Oq uy tarqatmasida.

Mavzu
Hamburgda G20 sammiti

7-8 iyul kunlari Germaniyaning Hamburg shahrida G20 sammiti bo‘lib o‘tadi. Har yili o‘tkaziladigan sammitda «Katta yigirmatalik» davlatlari rahbarlari xalqaro kun tartibidagi masalalarni muhokama qilishadi

Barchasi
Mavzuga oid
Top