22:19 / 07.07.2017
10277

Andijon viloyati hokimi marhamatlik yoshlar bilan muloqotda bo‘ldi

Andijon viloyati, Marhamat tumanidagi qishloq va suv ho‘jaligi kollejida viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida viloyatda yoshlarga oid davlat siyosati borasida amalga oshirilayotgan ishlar, sohada mavjud muammolarni hal etish, yangi tashkil etilgan  O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining o‘rni qanday bo‘lishi lozimligi haqida atroflicha tushuncha berildi. Muloqot davomida bugungi yoshlar masalasi, ularning muammolari va takliflari nafaqat shahar, tuman, viloyat hokimlari balki, turli sohalardagi vazirliklar tomonidan joylarda o‘rganilib, o‘z yechimini topishi haqida gapirildi.

Ushbu vazifalarni to‘laqonli bajarish, yoshlarning dardi bilan yondosh bo‘lish, ularda mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida haftaning har juma kuni viloyatda “Yoshlar kuni” deb e'lon qilindi. Bunday buyon har juma kuni yoshlar bilan ochiq muloqotlar, uchrashuvlar o‘tkazib boriladi. Viloyatning shahar va tumanlaridagi 16 ta kollej yoshlar markazlari uchun yangi tashkil etilgan tashkilotga berilishi ko‘zda tutilayotgani aytib o‘tildi.

Marhamat tuman yoshlari viloyat hokimiga o‘zlarini qiynayotgan muammolar haqida murojaat qildilar, mutasaddi tomonidan masalalar shu joyning o‘zida yechimini topdi.   Uchrashuv davomida ishtirokchilar O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar.              

       

  
Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon

Top