Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin hamda Donald Tramp Hamburgdagi sammit doirasidagi uchrashuvda asosiy mavzular Suriya, Ukraina, KXDR bilan bog‘liq vaziyat, shuningdek, kiberxavfsizlik bo‘lgan. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov jurnalistlarga ma'lum qildi.
Vazir ikki siyosatchi uchrashuvi konstruktiv ruhda o‘tganini qayd etgan. U ushbu uchrashuv tomonlar o‘zaro hamkorlik yo‘lida ekanini ko‘rsatganini qo‘shimcha qilgan.
Lavrov tomonlar muloqot vaqtida milliy manfaatlarga urg‘u qaratishganini, «muammolar yaratish»ga urinishmaganini ta'kidlab o‘tgan.
Bundan oldinroq Vladimir Putin uchrashuv yakuni bo‘yicha bayonot bergandi.