Sizni qadringizga yetmaganlari uchun maoshingizni oshirishmayapti, deb hisoblashdan osoni yo‘q. Aslida esa bunga sizning xatti-harakatlaringiz sabab bo‘lishi ham mumkin. InsiderPro ko‘proq pul topish uchun qaysi odatlardan xalos bo‘lish kerakligiga doir ma'lumotlar bilan bo‘lishdi.
1. Kech qolasiz
Agar ishga vaqtida kelmasangiz, nima uchun rahbariyat maoshingizni oshirishga shoshilishi kerak?
2. Tartibli emassiz
O‘zingizga qarab yurmasangiz va ish joyingiz betartib bo‘lsa, rahbar, hoynahoy, sizni layoqatsiz yoki mas'uliyatsiz deb hisoblasa kerak.
3. G‘iybat qilasiz
Professionalizm va g‘iybat bir-biriga ziddir. Shuningdek qo‘pollik ham maoshingiz oshishiga imkon bermaydi.
4. Jamoani chetlab o‘tasiz
Sizning vazifalaringiz hamkasblaringiz qilayotgan ishlarga bog‘liq bo‘lmasa ham, ular bilan muloqot uchun umumiy mavzu topishga, bilimlaringizni bo‘lishishga, korporativlarda suhbatlashishga harakat qiling. Rahbariyat uchun yaxshi o‘yinchi - bu jamoaviy o‘yinchi.
5. Siz rivojlanmaysiz
Ko‘proq pul topishni istasangiz, ish beruvchining ko‘z oldida o‘z qadr-qimmatingizni oshiring. Yangi ko‘nikmani o‘zlashtiring yoki qo‘shimcha malakaga ega bo‘ling, keyin esa rahbariyatga yangilangan rezyumeni taqdim eting.
6. Siz so‘ramaysiz
Sizning pullaringiz haqida birinchi navbatda siz o‘zingiz o‘ylashingiz kerak. Rahbarning kim qancha maoshga loyiqligi ustida bosh qotirishdan-da zarurroq ishlari bor. Nima uchun maoshingizni ko‘tarishmayotgani haqida o‘ylab o‘tirishdan ko‘ra bu borada rahbariyatga murojaat qilib, asosli raddiya olgan yaxshiroq.