12:52 / 07.07.2017
40033

«Paxtakor»da transferlar haftasi: 4 yangi futbolchi transfer qilindi

Toshkentning «Paxtakor» klubi o‘z safini to‘ldirishda davom etdi. Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ikki legioner va ikki mahalliy futbolchi tarkibga qo‘shib olingan.

«Paxtakor» matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, 11 iyul, seshanba kuni matbuot anjumani tashkil qilib, jamoaga taklif etilgan yangi futbolchilar - braziliyalik Tiago Bezerra, isroillik Gidi Kanyuk, o‘zbekistonlik o‘yinchilar Sherzod A'zamov va Eldor Suyunovni o‘z futbolchisi sifatida tanishtiradi. 

Tadbirda «Paxtakor» klubi rahbariyati va bosh murabbiy Shota Arveladze ham ishtirok etadi.

Matbuot anjumani 11 iyul kuni «Paxtakor» stadioni anjumanlar zalida soat 11:00da boshlanadi.

Braziliyalik Tiago Keyrush Bezerra 30 yoshda bo‘lib, faoliyatining asosiy qismini Turkiya klublarida o‘tkazgan. Uning so‘nggi klubi quyi ligada to‘p suruvchi «Adana Demirspor» bo‘lgan. Futbolchi «Paxtakor»ga erkin agent maqomida qo‘shilgan. Transfermarkt bo‘yicha uning hozirgi transfer narxi 400 ming yevroga baholangan. Bezerra faoliyati davomida 214ta o‘yinda 69ta gol urishning uddasidan chiqqan.

Isroillik markaziy yarim himoyachi Gidi Kanuk esa o‘tgan mavsumda «Makkabi Petax Tikva» jamoasida o‘tkazgan. Shota Arveladze u bilan Isroilda ishlaganida yaqindan tanish bo‘lgan.

Top