14:10 / 07.07.2017
11374

Tramp Putin bilan uchrashuvni sabrsizlik bilan kutmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp 7 iyul kuni o‘zining Twitter'dagi sahifasi orqali G20 sammitida dunyo yetakchilari bilan muzokaralarni sabrsizlik bilan kutayotganini ma'lum qildi. 

"Men bugun dunyo yetakchilari, shu jumladan Vladimir Putin  bilan bo‘ladigan uchrashuvni sabrsizlik bilan kutayapman", - deb yozdi u. 

Trampning so‘zlariga ko‘ra, ularning muhokama qiladigan masalalari talaygina. 

Tramp va Putinning uchrashuvi 7 iyul kuni G20 sammiti doirasida bo‘lib o‘tadi. Oq uyning matbuot xizmatidan ma'lum qilinishicha, uchrashuv "kengaytirilgan formatda" bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek uchrashuv davomiyligi taxminan yarim soatni tashkil qilishi ham ma'lum qilingan.

Mavzu
Hamburgda G20 sammiti

7-8 iyul kunlari Germaniyaning Hamburg shahrida G20 sammiti bo‘lib o‘tadi. Har yili o‘tkaziladigan sammitda «Katta yigirmatalik» davlatlari rahbarlari xalqaro kun tartibidagi masalalarni muhokama qilishadi

Barchasi
Top