Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Hamburg shahrida tashkil etilgan G20 sammitiga olib borgan samolyot NATO mamlakatlari havo kengliklari ustidan parvoz qilmasligi uchun 500 km ortiqcha masofani bosib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
FlightRadar24 portalida ro‘yxat raqami RA-96022 bo‘lgan Il-96 samolyotining parvoz xaritasini ko‘rish mumkin. Vladimir Putin Hamburgga kelganida aynan ushbu samolyot bortidan chiqqan.
Agentlik, prezident samolyoti nima uchun uzunroq yo‘nalish orqali parvoz qilganining asl sababi aniq emas.