19:43 / 08.07.2017
9205

Shahrisabz shahrining obodligiga aholi o‘z hissasini qo‘shmoqda

Poklik, tozalik va obodlik yurtga baraka keltiradi. Ishlar rivojiga turtki beradi. Bundan tashqari, toza-ozoda joylar aholi kayfiyatiga ham ko‘tarinkilik bahsh etadi.

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahridagi aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, shahar ko‘chalari, xiyobonlarni hamda shahar hududidagi barcha korxona, tashkilot va muassasalar, savdo komplekslari atroflarini toza va ozoda saqlash, shaharning barcha hududlarida sanitariya holatini yaxshilash maqsadida shahar hokimi I.Nusurov haftaning har shanba kunini “Tozalik kuni” deb e'lon qildi.

Shunga ko‘ra, 8 iyul kuni o‘tkazilgan umumxalq hasharida korxona va tashkilot xodimlari, yoshlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Shahar ko‘chalari chiqindilardan tozalandi, sohibqiron Amir Temur tomonidan qurdirilgan qal'aning eski o‘rni tozalandi. Bundan tashqari, har bir fuqaro o‘z mahallasini tozalash va bolalar maydonchasini tartibga keltirish ishlari bilan shug‘ullandi. Guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar va qabristonlarda ham umumxalq hashari davom etdi.

Sarvar Anvar o‘g‘li
Kun.uz muxbiri 

Mavzuga oid
Top