23:03 / 09.07.2017
15330

2017 yilning birinchi yarmida 100 ga yaqin mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi

Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasi Senat faoliyatining birinchi yarim yillik bo‘yicha hisobotiga bag‘ishlandi. Unda jurnalistlar senatorlarga qator savollar bilan murojaat qilishdi. Jumladan, "Senat necha nafar mansabdor shaxs hisobotini qoniqarsiz deb topdi va o‘sha hisobotlarga qanday choralar ko‘rildi?" degan savolga mutaxassislar quyidagi javobni berishdi:

"Yuqori idoralardagi rahbarlarning hisobotlarini eshitganimizda bizda doim chuqur tahlillar o‘tkaziladi. Albatta biz Senat tomonidan vazirlik rahbarlarining hisobotlarini eshitib, katta tahlillarga asoslangan tavsiyalarni beramiz. 

Vakolat doirasida qonunlar ijrosiga e'tibor bermagan, fuqarolarning muammolarini joyida hal qilmagan, 100 ga yaqin mansabdor shaxs javobgarlikka tortilgani haqida aytishim mumkin. 

Shu o‘rinda ta'kidlash joizki, senatorlar o‘z faoliyatidan qoniqyapti deyishdan yiroqmiz. Qachonki inson o‘z ishidan qoniqish hosil qilsa, demak, o‘sha odam o‘lgan deb hisoblayvering, unda rivojlanish bo‘lmaydi".

Top