14:40 / 09.07.2017
9184

AQSh davlat kotibi Tillerson Kiyevga keldi 

Foto: 112 Ukraina

AQSh davlat kotibi Reks Tillerson 9 iyul, yakshanba kuni rasmiy tashrif bilan Kiyevga keldi. "112 Ukraina" telekanali shu haqida xabar berdi

Bundan avval AQSh davlat departamentida idora rahbari Reks Tillerson 9 iyul kuni ishchi tashrif bilan Kiyevga borishi va Ukraina prezidenti Petr Poroshenko bilan uchrashishi haqida ma'lum qilingan edi. 

Davlat departamentining yuqori lavozimli amaldori ma'lumotlariga ko‘ra, Tillerson tashrif doirasida Ukraina prezidentiga mamlakat sharqidagi mojarolarga nisbatan o‘z nuqtai nazarini bildiradi va bu masalada ko‘proq ma'lumot to‘plashga harakat qiladi. 

Mavzuga oid
Top