19:30 / 09.07.2017
5869

«Arsenal» Lemar bo‘yicha «Monako»ga yana bir taklif jo‘natdi

«Arsenal» «Monako» yarimhimoyachisi Toma Lemarni sotib olish uchun uchinchi taklifni tayyorlamoqda. Bu haqda RMC Sport nashri xabar tarqatdi.

Ingliz klubi 21 yoshli fransuz futbolchisi uchun «Monako»ga 51 million yevro va yana qo‘shimcha bonus sifatida 5,5  million yevro taklif qilgan.

«Monako» shu kunga qadar «Arsenal»ning Lemar bo‘yicha ikkita taklifiga, jumladan so‘nggi 45 million yevrolik taklifiga rad javobini bergandi.

Top