20:20 / 09.07.2017
16300

Tramp va Putin «Rossiyaning AQShdagi saylovlarga aralashuvi»ni 40 daqiqa muhokama qilishdi

Foto: Reuters

Donald Trampning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi Amerika prezidentining safar chog‘idagi eng murakkab damlari bo‘ldi, deb hisoblaydi The New York Times. Maqola muallifining so‘zlariga ko‘ra, bu Rossiyaning Amerikadagi saylovlarga aralashuvi tarixiga u qadar ta'sir qilmadi, biroq Trampning jamoasi "agar bu uchrashuvga yo o‘tishi, yo yutqazishi kerak bo‘lgan sinovdek qaralsa, AQSh buni muvaffaqiyatli uddaladi.

Trampning uchrashuvda o‘zini qanday tutishini hatto uning jamoasidagilar ham bilishmasdi, holbuki, ularning so‘zlariga ko‘ra, Amerika prezidenti Putin bilan bahslashmoqchi bo‘lgan. Ushbu muzokaralarga qo‘yilgan yagona amaldor, Reks Tillerson, o‘z rahbarini Rossiyaning AQShdagi saylovlarga aralashuvi masalasida qat'iy pozitsiyada turishga chaqirgan, ammo u uchrashuvni "Bu sizning ishingizmi?" degan savoldan boshlashidan xavfsiragan. 

O‘z navbatida, Rossiya tashqi ishlar vaziri uchrashuvda Trampning pozitsiyasi u qadar adovatli bo‘lmaganini ta'kidlagan. Sergey Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Putin Trampni ayblovlar yolg‘on ekani va Rossiya Amerikadagi saylovlarga aralashmaganiga ishontirgan. Shuningdek, Tramp uning saylanishida Moskvaning o‘rnini bo‘rttirib ko‘rsatishga urinayotgan raqiblaridan arz ham qilgan. 

Shu bilan birga, nashrning Tillerson bilan suhbatlashgan, biroq nomini oshkor qilishni istamagan manbaga tayanib ma'lum qilishicha, bu masalada Tramp va Putin 40 daqiqa davomida bahslashishgan. Suhbat vaqti-vaqti bilan tarang tus olardi va Putin baland ovozda hamkasbidan isbotlarni talab qilardi. Biroq Tramp Amerika razvedkasining bayonotlariga avval ham shubha bildirgandi, deya yodga soladi nashr. Bu bahslardan keyin Tramp Putinga boshqa masalalar, xususan Suriyani muhokama qilishni taklif qildi. 

Top