09:40 / 10.07.2017
31401

Chimkentliklar tajribasi: Gaz yo‘q holda tuxumni qanday qovurish mumkin?

Qozog‘istonning Chimkent shahrida issiq harorat kuzatilmoqda, ba'zi chimkentliklar esa bundan tajribalarini o‘tkazishda foydalanishmoqda. YouTube portalida shunday tajribalardan biri jarayoni tasvirlari paydo bo‘ldi.

Unda quyosh ostidagi betonga qo‘yilgan tovada tuxum pishiriladi - 2 daqiqa ichida tuxum qovuriladi.

O‘tgan haftada Chimkentda harorat 50 darajaga ko‘tarilgan. «Kazgidromet» 9 iyulga kelib harorat pasayishini prognoz qilgan, 11 iyul kunidan boshlab, issiq harorat 36 darajadan oshmasligi aytilgan.

O‘zbekistonda ham oxirgi haftalarda anomal issiq kuzatildi. Gidrometeorologiya markazi haroratni maksimum 45 daraja deb ma'lum qilgan bo‘lsada, hududlarda bundan yuqori darajadagi issiq kuzatilgan. O‘zbekistonda ham 9 iyul kuni kechqurun salqin tushib, 10 iyuldan harorat pasaya boshladi.

Mavzuga oid
Top