18:26 / 10.07.2017
10792

“Chorsu” bozorida o‘g‘irlik qilgan ayol qo‘lga olindi

2017 yilning 6 iyul kuni taxminan soat 16:30larda muqaddam sudlangan Zarifa Musayeva o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida Shayxontohur tumanidagi “Chorsu” bozori hududida joylashgan savdo do‘konida bo‘la turib, fuqaro Mahfuza Narimanovaga (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) tegishli bo‘lgan ayollar kiyimini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik, ya'ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin.

Mavzuga oid
Top