09:51 / 10.07.2017
12800

Denis Lebedev Mark Flenaganni mag‘lub etdi

WBA Super talqiniga ko‘ra birinchi og‘ir vazndagi jahon chempioni 37 yoshli rossiyalik Denis Lebedev 27 yoshli avstraliyalik Mark Flenaganga qarshi ringga chiqdi. Jang rossiyalik bokschining g‘alabasi bilan yakunlandi

Lebedev jang davomida ustunlikka ega bo‘ldi: zarbalari aniq va himoyada ham yaxshiroq harakat qildi. 9-raundda esa rossiyalik bokschi raqibini nokdaunga uchratdi.

Natijada Lebedev barcha hakamlar bahosiga ko‘ra g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 

Mavzuga oid
Top