13:33 / 10.07.2017
25143

Xitoy Si Tszinpinning lavozimi noto‘g‘ri aytilgani tufayli AQShdan g‘azabda

Xitoy AQShga taqdimnoma yubordi, bu Oq uy XXR va AQSh yetakchilarining G20 sammiti davomidagi muzokaralari yakunida berilgan bayonotda Si Tszinpinni «Xitoy respublikasi rahbari» deb atagani tufayli ro‘y berdi, deya ma'lum qilgan XXR TIV rasmiy vakili Gen Shuan.

«Menga ma'lum bo‘lishicha, Xitoy shu sababdan Amerika tomoniga taqdimnoma yubordi, ular bu texnik xatolik uchun uzr so‘rashdi va kerakli tuzatishlarni kiritishdi», - deya diplomatning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Avvalroq Oq uy matbuot kotibi ofisi AQSh va XXR rahbarlarining G20 doirasidagi qo‘shma uchrashuviga bag‘ishlangan izohida Si Tszinpinni «Xitoy Respublikasi prezidenti» deb atagani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Bu qisman tan olingan Tayvan Respublikasining rasmiy nomi hisoblanadi.

Mavzuga oid
Top