18:56 / 10.07.2017
17421

Imzo Premium’dan yangi derazalar qatori – 4 himoya mezoni

3 iyul kuni Imzo Premium kompaniyasi Cinzzano Terrazza’da yuqori chidamli plastik va alyuminiyli derazalar yangi seriyasi taqdimotini o‘tkazdi.

Kompaniya mijozlari, me'morlar, dizaynerlar taklif etildi. Alohida mehmonlar orasida Çuhadaroğlu (Turkiya) kompaniyasi vakillari: Sevilya Sodiqova va Xalil Halid; hamda Alumil (Gretsiya) vakili Murod Qalqon bor edi.

Mehmonlarga shou shaklida konstruksiyalar ishonchliligi to‘rtta mezon bo‘yicha namoyish etib berildi:

Himoya 1 – jismoniy kuch ishlatilishidan asosiy himoya;
Himoya 2 – turli asboblar qo‘llanilishidan himoya;
Himoya 3 – buzishdan maksimal himoya darajasi;
Himoya 4 – deraza oshiq-moshiqlarining maxsus himoyasi.

Mahsulot Aluplast (Germaniya), Alumil (Gretsiya) va Çuhadaroğlu (Turkiya) jahon ishlab chiqaruvchilari materiallari va yordamchi ashyolaridan foydalanilgan holda tayyorlangan.

Aluplast IDEAL-8000 profili shamol bo‘yicha sinovga kuchli bardosh berdi, uning ortida tutun-mashina o‘rnatildi. Tutun tavaqalar ochilgachgina, tashqariga chiqib ketdi.

Çuhadaroğlu profili va furniturasi ham kuchli sinovlardan o‘tkazildi. Hattoki kuchli mototsikl ham unga zarar yetkaza olmadi.

Estakadada Çuhadaroğlu ustidan avtomobil yurib o‘tib, uning romi tashqi qiyofasiga hech qanday zarar keltirmadi.

Tashkilotchilar hattoki o‘g‘ri va talonchilarning kirib borishi bilan bog‘liq vaziyatni ham yuzaga keltirishdi – Germaniyaning Roto kompaniyasining buzishga qarshi xususiyatga ega furniturasi va tripleks oynasi bilan ularda hech qanday imkoniyat bo‘lmadi. Oyna maxsus tayoq bilan ko‘p bora berilgan zarbaga bardosh berdi, furnitura ham o‘g‘rining asboblariga “bosh egmadi”.

Alumil profilidan termoalyuminiyli konstruksiya gidroizolyatsiya bo‘yicha sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi va 8 atmosfera bosimida yuborilgan suvga bardosh berdi.

Mehmonlar o‘z taassurotlarini kechki ovqat ustida muhokama qilishdi. Matin Band guruhining musiqasi yoqimli muhit yaratdi. Xalq artisti Mansur Toshmatovning chiqishi esa mehmonlar uchun haqiqiy syurprizga aylandi.

Reklama huquqi asosida

Top